
PSJ murabbiyi "Monako"dan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?
Frantsiya chempionati 23-turidan o‘rin olgan "Monako" - PSJ uchrashuvida maydon egalari 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yindan keyin parijliklar bosh murabbiyi Kristof Galte o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. "Halokatli startdan g‘azabdaman. Gol urganimizdan so‘ng biroz umid paydo bo‘ldi, ammo qarshi hujumda uchinchi to‘pni o‘tkazib yubordik. 1:3 hisobidan chiqib ketish mushkul, shuning uchun jahlim chiqdi.
Bizga ba’zi futbolchilarimiz etishmayapti. Hozir barchamiz qiyin davrni boshdan o‘tkazmoqdamiz. Seshanba kuni bizni o‘ta muhim bellashuv kutib turibdi. Ungacha kuch va ishonchimizni qaytarib olishimiz lozim.
Ikkinchi taymda darvoza tomon birorta zarba yo‘llay olmadik. Raqibning hujumlariga reaktsiya bildirmadik. Messi dushanba kuni mashg‘ulotlarni davom ettirishi lozim. Mbappening holati esa jarohatning tiklanishiga bog‘liq",-dedi frantsiyalik.
Fikrlar