
PSJ Messi transferini qachon e’lon qiladi?
PSJ argentinalik hujumchi Lionel Messi transferini 10 avgust kuni e’lon qilishi kutilmoqda. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikola Skira xabar tarqatdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, Messi bugun Parijga yo‘l oladi va ertaga yangi jamoasi safida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Leo parijliklar bilan "2+1" ko‘rinishida shartnoma imzolashi kutilmoqda. Forvard yiliga 50 million evro maosh oladi.
Messi PSJga erkin agent maqomida borib qo‘shiladi. Avvalroq, futbolchi xayrlashish uchun tashkil qilingan matbuot anjumanida hali biror klub bilan kelishuvga erishmaganini ma’lum qilgandi.
Fikrlar