
PSJ Messi bilan shartnoma imzolay olmaydi, chunki...
Argentinalik hujumchi Lionel Messi PSJga o‘tmaydi.
Marca nashri xabariga ko‘ra, hozir parijliklar uchun ustuvor vazifa kelasi yozda klubni erkin agent sifatida tark etishi mumkin bo‘lgan Kilian Mbappe bilan shartnomani uzaytirishdir.
Qolaversa, PSJ Messining moliyaviy talablari yuqori bo‘lgani uchun u bilan shartnoma imzolanishi qiyin bo‘ladi. Aniqrog‘i, buning uchun jamoadagi boshqa futbolchilarning maoshini kamaytirishga to‘g‘ri keladi.
Avvalroq, "Barselona" Messi bilan shartnoma imzolashning imkonii yo‘qligi haqida ma’lum qilgan edi.
Fikrlar