
PSJ: Masala hal, hujumda super to‘purar o‘ynaydi
Frantsiya chempionati etakchisi ijara asosida to‘p surgan Mauro Ikardini to‘liq transfer qilish masalasini ijobiy hal qildi.
Uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng, parijliklar “Inter”ni 50 million, qo‘shimcha tarzda yana 7 million evro miqdorida bonus berishga ko‘ndirdi. Avvalroq, PSJ 55 million evro taklif qilgan bo‘lsa, milanliklar 60 million evro so‘rayotgan edi.
27 yoshli argentinalik hujumchi erta yakunlangan Frantsiya chempionatida 20 ta o‘yinda 12 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar