PSJ koronavirusdan foydalanib qolmoqchi

  • 16 aprel, 2020, 16:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi rahbariyati ijarada o‘ynayotgan argentinalik hujumchi Mauro Ikardini tarkibda saqlab qolmoqchi.

Tecno

Italiyalik jurnalist Janluki Di Martsioning xabar berishicha, parijliklar allaqachon ushbu transfer masalasida "Inter" bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Ammo, Frantsiya chempioni Ikardi uchun talab qilinayotgan 70 million evroni to‘lamoqchi emas. Shu bois PSJ koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy inqirozdan foydalanib, uni arzonroqqa sotib olishga harakat qilmoqda.

Ikardi joriy mavsum PSJ safida 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 20 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!