PSJ ikkita yulduz va ishonchni oqlamagan uch futbolchidan voz kechmoqda

  • 13 mart, 2023, 07:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ rahbariyati mavsum yakunlanganidan keyin tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qilishni rejalashtirmoqda. Hozirdan jamoani tark etadigan o‘yinchilar ro‘yxati shakllantirilyapti.

Tecno

Taniqli jurnalist Pedro Almeydaning ta’kidlashicha, parijliklar ispaniyalik himoyachi Serxio Ramosga yangi shartnoma taklif qilmaydigan bo‘ldi. Tajribali futbolchi jamoani erkin agent sifatida tark etadi.

Shuningdek, PSJ zo‘ranvonlik bilan bog‘liq mojaroga aralashib qolgan marokashlik himoyachi Ashraf Hakimini transferga qo‘yadi.

Qolaversa, klub mutasaddilari o‘zini ko‘rsata olmagan uch futbolchi – himoyachi Xuan Bernat, yarim himoyachi Karlos Soler va hujumchi Ugo Ekitikeni ham sotib yuboradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
M.Salah
12/03/2023 21:28
(((((