
PSJ Ikardi masalasida "Inter"ga "konkret" taklif yubordi
PSJ klubi argentinalik hujumchi Mauro Ikardining transferi bo‘yicha “Inter” bilan muzokaralarni hamon davom ettirmoqda.
Italiyalik jurnalist Fabritsio Romanoning ta’kidlashicha,parijliklar 27 yoshli futbolchi transferi yuzasidan “neradzurrilar”ga aniq taklif yuborgan. Unga ko‘ra Frantsiya chempioni Mauro evaziga A Seriya grandiga 50 mln evro va yana 10 mln evro bonus, jami 60 mln evro taklif qilgan.
Aytish kerakki, PSJ va “Inter” o‘rtasidagi ijara shartnomasida Ikardini 70 mln evro evaziga sotib olish bandi mavjud.
Ikardi bu mavsum PSJ safida 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va 20 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar