
PSJ Diabi uchun kurashga qo‘shildi
"Bayer" futbolchisi Mussa Diabi bir qator top klublar e’tiborida bo‘lib turibdi. Endilikda unga PSJ ham qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi "FootMercato" nashri.
Manbaning ta’kidlashicha, Luish Kampush o‘tgan yozda amalga oshirilgan transferlari uchun qattiq tanqid qilingan va u xatosini to‘g‘irlamoqchi. Shu sababli, endi klub kelasi mavsum uchun kuchli tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shuningdek, parijliklar Jud Bellingemni ham o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi.
Diabi PSJ akademiyasida tahsil olgan. U 2019 yilda Frantsiya jamoasidan Bundesligaga yo‘l olgandi. Vinger ushbu mavsumni ajoyib o‘tkazmoqda. 23 yoshli futbolchi "Bayer" tarkibida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 9 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar