
PSJ bir guruh o‘yinchilardan voz kechdi
PSJ rahbariyati yozgi transferlar vaqtida asosiy tarkibning bir necha futbolchilari bilan xayrlashishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
L’Équipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, klubni birinchi navbatda Yulian Draksler, Leandro Paredes, Tilo Kerer va Leyvin Kurzava tark etishi kerak.
Leandro Paredesga Italiyaning bir necha klublari, xususan, “Roma” ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Joze Mourino argentinalik futbolchi maydon markazini kuchaytirishiga ishonmoqda.
Ma’lumotlara qaraganda, Drakslerga Germaniyadan, Kererga Angliyadan, Kurzavaga Turkiyadan chorlov bo‘lyapti.
Fikrlar