
PSJ 11 futbolchini sotuvga qo‘ydi
PSJ jamoasi rahbariyati bu yozda katta "tozalash"ga qo‘l uradi. Klub naq 11 futbolchini sotib yuborishga qaror qilgan.
Parijliklarning transfer ishlari bilan shug‘ullanuvchi Antero Enrike va Luis Kampos jamoani tark etadiganlar ro‘yxatini tuzib chiqdi. Unga ko‘ra, Mauro Ikardi, Yulian Draksler, Jorjino Veynaldum, Erik Abimbe, Ander Errera, Idrissa Guye, Abdu Diallo, Leven Kurzava, Leandro Paredes, Danilo Pereyra va Tilo Kerer kabi futbolchilar bu ro‘yxatdan joy olgan.
Yuqorida ketishi haqida ko‘p mish-mishlar tarqalayotgan Neymar ismi keltirib o‘tilmagan. Uning kelajagi hozircha noma’lumligicha qolmoqda.
Fikrlar