
Promouter Eddi Xirnning fikri bo‘yicha vazn toifasidan qat’iy nazar jahonning eng kuchli bokschisi...
Eddi Xirn, IBF va IBOning o‘rta vazn toifasidagi chempioni Gennadiy Golovkin Saul Alvaresga qarshi uchinchi jangini o‘tkazishdan manfaatdor ekanligini aytdi.
"Kanelo” yarim og‘ir vazn toifasiga o‘tib, Kovalyov kabi baxaybat yigitga qarshi jangda nokautli g‘alabaga erishdi.
Biz har doim vazn toifasidan qat’iy nazar eng yaxshi bokschi kimligini baholaymiz: Lomachenko, Usikmi yoki Kanelo? Bunday muvaffaqiyatdan so‘ng, odamlar “Kanelo”ni birinchi qatorga qo‘yishlari kerak deb o‘ylayman.
Uning keyingi raqibi Golovkin bo‘lishi kerak. Menimcha, hamma bu jangni ko‘rishni xohlaydi. Bu DAZN tashkil qilishni rejalashtirayotgan eng muhim janglardan biri. Lekin siz dunyodagi eng yaxshi bokschi bo‘lsangiz, tanlov sizda bo‘ladi ”, - dedi Xirn.
Fikrlar