Pro liganing ilk turidanoq yo‘qotishlar. Ularning orasida bosh murabbiylar ham bor

  • 15 mart, 2023, 12:15
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun pro liganing yangi mavsumiga start beriladi. Ilk turdanoq bir qator diskvalifikatsiyalar mavjud. Bu xususida “Pro liga” rasmiy telegram kanalida e’lon qilindi.

Tecno

Jumladan, 7 ta jamoaning bittadan vakili 1-turni o‘tkazib yuboradi. E’tiborlisi, ularning orasida bosh murabbiylar ham bor. “Qo‘qon-1912” ustozi Davron Fayziev hamda “Navbahor-farm” bosh murabbiyi Rashid G‘ofurov zaxira o‘rindig‘ida bo‘la olmaydilar.

Shuningdek, “Mash’al”ning ukrainalik hujumchisi Petrov ham debyutini keyingi turlarda kutadigan bo‘ldi. Chunki u ham diskvalifikatsiya sababli bu o‘yinni tomoshabin sifatida o‘tkazadi.

pro liga diks 

Superliga tomon yaqinlashayotgan pro liga! Kuzating, afsuslanmaysiz. Chunki...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!