
Pro-liga. "Turon" va "Mash’al" yirik hisobda zafar quchdi, "Andijon"da esa nursiz durang
Pro-liga 11-turidan o‘rin olgan uch uchrashuv yakuniga etdi. "Aral Samali" - "Turon" bahsida mehmonlar yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Mazkur natijadan so‘ng "Turon" ochkolari sonini 25 taga etkazib oldi. Jamoa jadvalda etakchilik qilib turibdi. "Aral Samali" hisobida 8 ochko mavjud bo‘lib, klub 8-o‘rindan joy olgan.
"Zomin" - "Mash’al" o‘yinida mehmonlar 4:1 hisobida zafar quchdi. Shu tariqa, muborakliklar ochkolari sonini 20 taga etkazib, jadvalda 3-o‘rnini mustahkamlab oldi. "Zomin" 6 ochko bilan so‘nggi pog‘onani band etib turibdi.
"Yangier" - "Andijon" bellashuvida hisob ochilmadi. Mazkur natija orqali "Andijon"ning ochkolari soni 22 taga etdi. Jamoa 2-o‘rinni egalalb turibdi. "Yangier" hisobida 16 ochko bor bo‘lib, klub 5-pog‘onadan o‘rin egallagan.
Fikrlar