Premer-ligani "yondirayotgan" osiyolik yoxud APL rekordiga 1 qadam qolgan Son haqida

  • 13 dekabr, 2020, 19:19
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

APL bu mavsumi butunlay kutilmagan natijalari bilan yodda qolmoqda. 2020 yilga bog‘liq bo‘lgan voqealardan yana nima kutish mumkin edi, aslida?! Har yili o‘z etakchilaridan bir nechtasini sotib yuborsa-da, kuchli oltilikni tark etishni xayoliga keltirmaydigan "Lester", avgust oyining o‘zida "Chelsi" va "Liverpul"dan ustun kelib, ikkita sovrinni boshi uzra baland ko‘targan Arteta boshchiligidagi "Arsenal", o‘tgan mavsum 13-o‘rinni band etgan, ammo bu yil havas qilgulik sermahsullik namoyish etayotgan "Everton", Manchester shahrining har ikki tomoni bu mavsum Premer-ligada kutilmagan natijalar qayd etyapti.

Tecno

Yana bir jamoa bor-ki, ularning bugun Premer-liga bosh sovrini uchun asosiy da’vogar ekanligi bot-bot takrorlanmoqda. Odatda, orqa chiziqda "avtobus" qo‘yib, minimal hisobni saqlab qolish uchun harakat qiluvchi Mourino jamoasidan ko‘p gol kutmas edik. Biroq ular mana shunday kutilmagan o‘yin bilan yo‘lidan chiqqan raqiblarni birin-ketin chetga surib kelmoqda.

photo_2020-11-20_14-46-42

"Shporlar" muvaffaqiyatlarining yana bir sababi "qotil tandem", deya e’tirof etilayotgan Son Xyon Min va Xarri Keyn juftligining yorqin o‘yinlari hisoblanadi. Aynan ular urayotgan gollar bu mavsum "Tottenxem"ga bir necha o‘yinlarda qimmatli ochkolarni taqdim etdi. "Arsenal" bilan o‘yinning birinchi bo‘limida Mourino jamoasi uchun kutilgan hodisa ro‘y berdi: Xarri Keyn uzatgan to‘pni qit’adoshimiz darvozaga yo‘lladi. Ushbu mavsum xuddi shu tarzda sakkiz gol yuzaga keldi. Bu 21-asrdagi Premer-liga rekordi hisoblanadi. Quyida, bu qanday sodir bo‘lganiga to‘xtalamiz:

1-4-gollar. "Sautgempton" - "Tottenxem" 2:5.

Son va Keyn tandemining bu mavsumdagi ilk "qurboni" "Sautgempton" hisoblanadi. Birinchi bo‘lib, aynan Xazenxyuttl shogirdlari hisobni ochganiga qaramay, "shporlar" aslida kim favorit ekanligini amalda ko‘rsatib qo‘ydi. Keynning uzatmasidan so‘ng, darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgan qit’adoshimiz mavsumdagi debyut golini Makkarti postiga kiritdi. Keyinchalik "ishtahasi ochilgan" tandemni bu o‘yinda to‘xtatib bo‘lmadi. Xarridan yana 3 golli uzatma va ularning barchasi koreyalik vinger tomonidan golga aylantirildi. O‘sha o‘yin Mourinoga kimligini isbotlash uchun katta minbar vazifasini o‘tadi: "The special one" shogirdlari birinchi taymda 4 bor o‘yindan tashqari holatda qolib ketdi va bo‘limlar oralig‘ida portugaliyalik mutaxassis ularga shunday tavsiya bera oldiki, bahs yakuniga qadar kiritilgan 4 gol raqib himoyachilarining sun’iy ofsaydiga aldanmaslik natijasida yuzaga keldi. Mourino bu o‘yinda o‘z darajasini namoyish etish bilan bir qatorda, shogirdlari uchun ham katta ish qilgandi.

mfile_1550676_1_L_20200920211322

5-gol. "Manchester Yunayted" - "Tottenxem" 1:6.

Navbatdagi gol MYuga qarshi "bayram"da yuz berdi. APLning istalgan jamoasi Manchesterda qiynalishini va "Tottenxem" o‘sha kuni "Old Trafford"da xohlaganini qilganini hisobga olsak, "shporlar" istagancha bayram qilishga haqli edi. Hisob 1:1 bo‘lib turgan bir paytda, Son ikkinchi qavatdan kelayotgan to‘pni Keynga uzatdi va hech ikkilanmay oldinga yugurdi. Xarri to‘pni yana osiyolikka qaytarib berganida Son ancha qulay pozitsiyaga chiqib borayotgandi. Lyuk Shou hamda Erik Bayini tezlikda ortda qoldirgan qit’adoshimiz De Xea postini ishg‘ol qilib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Bu goldan keyin "qizil iblislar" himoyasi parokanda ekanligi yana bir bor o‘z isbotini topdi.

Son-Heung-min

6-gol. "Tottenxem" - "Vest Xem" 3:3.

"Bolg‘achilar"ga qarshi uchrashuvgacha butun dunyo Xarri Keynning pleymeykerlik, Sonning pozitsiya tanlash va bo‘sh hududlar izlab topish qobiliyati qay darajada ekanligini payqab ulgurgan edi. Biroq "Vest Xem" himoyachilari buni e’tibordan chetda qoldirdi va shunga yarasha jazolandi. Xarri Keyn maydonning o‘z jamoasi uchun ajratilgan eridan turib kross amalga oshirdi. Yana katta tezlik namoyish etgan Son bir harakat bilan raqiblarini chalg‘itib, darvozabonning uzoq burchagini aniq nishonga oldi. Biroq yakun Mourino shogirdlari uchun omadli kelmadi. 16 daqiqa ichida 3 ta gol urgan "shporlar" 12 daqiqada shuncha gol o‘tkazib yubordi va qo‘llaridagi 3 ochkoni boy berdi.

ea1297bf-c1a9-4ce4-84d5-ae5e5e051afd

7-gol. "Byornli" - "Tottenxem" 0:1.

Bu safargi gol avvalgilaridan biroz farqli bo‘ldi. Keynning to‘p oshirishlaridan so‘ng, himoyachidan tezlikda o‘tib ketadigan Son "Byornli" futbolchilari uchun katta xavf tug‘dira olmadi. Ammo aqlli futbol ko‘rsatayotgan londonliklar moslashuvchanlik namoyish etdi va bu "hiyla" amalda o‘zini oqladi. Burchakdan oshirilgan to‘pni Xarri jarima maydoni markazidagi sheriklariga qulay qilib tashlab berdi. Voqealar markazida paydo bo‘lgan Son bu safar boshi bilan aniq zarba yo‘llab, yakunda jamoasiga 3 ochko keltirgan gol muallifiga aylandi.

skysports-heung-min-son-spurs_5151511

8-gol. "Tottenxem" - "Arsenal" 2:0.

Bu o‘yinni bemalol tort ustidagi shokoladga qiyoslash mumkin. Sababi, "shporlar", avvalo, derbida g‘alaba qozondi. Printsipial o‘yinning qiymati doim yuqori bo‘lishi hech kimga sir emas. Shuningdek, chiroyli o‘yin namoyish etgan "Tottenxem"ning "qotil tandem"i rekord o‘rnatishga ham muvaffaq bo‘ldi. Aslida, Son urgan golda Keyn to‘laqonli assistentlik vazifasini o‘tamadi. Boisi, maydon markazidagi to‘p uchun kurashda g‘alaba qozongan ingliz forvardi hujumni davom ettirish maqsadida uni qaysidir sherigiga oshirishi lozim edi. Xarri qanotdan oldinga yugurayotgan koreyalik jamoadoshini tanladi va qolgan ishni qit’adoshimizninsh o‘zi hal qildi. 3 raqib qarshisida qolgan Son jarima maydoni tashqarisidan aylanma zarba yo‘llab, Lenoni ojiz qoldirdi.

1213

Bir-birining goliga eng ko‘p assist amalga oshirgan tandemlar Kollimor - Fauler va Nyuell - Shirer hisoblanadi. Ular hisobida 9 tadan gol mavjud va bu natija APLda rekord hisoblanadi. Biz ta’riflab kelayotgan Keyn - Son juftligi oldida bu mavsum hisobidan yana 27 ta uchrashuv borligi va ularning to‘xtash niyati yo‘qligini hisobga olsak, tez orada yangi rekord o‘rnatilishi mumkin. 12 ta o‘yinda Sonning 8 ta goliga assist amalga oshirgan Xarri Keynda mutlaq rekordni o‘zlashtirishi uchun bundan ikki marotaba ko‘proq imkoniyat bor. E’tiborlisi, Premer-liganing ayni damdagi eng zo‘r assistenti gol urishni esidan chiqarib qo‘ygani yo‘q. Ingliz hujumchisi hisobida 8 ta gol mavjud. Ushbu tandemning o‘ziga xosligini isbotlaydigan bir necha statistikaga e’tiboringizni qaratamiz:

_methode_times_prod_web_bin_92144a70-fb52-11ea-8eac-e356e4cd0308

-Joriy mavsum Keyn chempionatning 11 uchrashuvida 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bu natija bilan u kuchli beshlik chempionatlaridagi eng yaqin taqibchilaridan 4 ta assistga o‘zib ketgan;

-Keyn - Son juftligi "Arsenal"ga qarshi o‘yinda bir-birining assisti yordamida o‘ttizinchi va o‘ttiz birinchi gollarini kiritdi (o‘sha bahsdagi ikkinchi gol Sonning uzatmasidan keyin Xarri Keyn tomonidan urilgandi). Ushbu gollar bilan ular o‘sha kungi raqib "kanonirlar" sobiq vakillari Pires - Anri tandemini ortda qoldirdi. Premer-liga tarixida faqatgina Lempard - Drogba 36 ta gol bilan bu borada ulardan yaxshi ko‘rsatkichga ega.

-Sonning to‘p oshirishidan so‘ng darvozani ishg‘ol etgan Xarri Keyn "Shimoliy London derbisi" to‘purariga ham aylanib oldi. O‘zining 11-golini kiritgan ingliz forvardi Emmanuel Adebayor va Bobbi Smitni ortda qoldirdi.

24edf7dccbae44caaa66b23100e1b386

Bugun "shporlar"ni yana bir muhim uchrashuv kutib turibdi. Yana bir "London derbisi"da "Kristal Pelas"ga qarshi maydonga tushgan Mourino shogirdlari, xususan, Xarri Keyn va Son Xyon Minda gollari sonini oshirib olish hamda rekordlar sari navbatdagi qadamni tashlash imkoniyati bor. Bu borada qahramonlarimiz o‘yinlarini katta qiziqish bilan kuzatamiz.

Javohir Azimov tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Abdulla2021
15/12/2020 17:20
Ёрворибсиз бро)