Portugaliyalik futbolchi Ronaldu uchun ideal jamoa qaysiligini aytdi

  • 8 iyul, 2022, 14:00
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lill" futbolchisi Joze Fonte Krishtianu Ronalduning ayni paytdagi holati haqida gapirdi. Portugaliyalik futbolchining fikricha, hujumchi Madridga qaytishi kerak.

Tecno

“Ronaldu Chempionlar ligasini yaxshi ko‘radi. Bu uning sevimli turniri va Krish bu musobaqada o‘ynashni istamoqda. Shuningdek, u “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritmoqchi.

"Real" Madridga qaytish — Ronaldu uchun eng yaxshi variant. Ammo, “qirollik klubi” futbolchini ortga qaytarishni xohlaydimi yoki yo‘qmi, bu boshqa savol. "Bavariya" ham yaxshi tanlov bo‘lar edi. Nemis klubi bilan ham Evropa Chempionlar ligasida zafar quchishi va "Oltin to‘p"ga da’vogar bo‘lishi mumkin", - deya fikr bildiradi Fonte.

Avvalroq, Ronaldu “Manchester Yunayted”ning mavsumoldi mashg‘ulotlarini o‘tkazib yuborishi xabar qilingandi. Klub bunga portugaliyalikning oilaviy muammolarini sabab qilib ko‘rsatgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!