
Portugaliya ustozi Ronalduning jamoadagi o‘rni haqida gapirdi
Roberto Martines Ronalduning Portugaliya terma jamoasidagi o‘rni haqida gaprirdi.
"Ronaldu Portugaliya terma jamoasida. Sababi, u bunga loyiq. Barcha jismoniy ko‘rsatkichlar uning har to‘rt kunda o‘ynay olishini tasdiqlaydi.
Menimcha, Krishtianu biz uchun nimalar qila olishini tushunishimiz kerak. U biz uchun - tajriba, nou-xau, gol urish imkoniyati va bo‘sh zona ochish qobiliyati.
Agar siz statistik ma’lumotlar tomondan tahlil qilmqochi bo‘lsangiz, u holda so‘nggi 12 oy ichida nima qilganiga e’tibor qaratish lozim", - dedi Portugaliya terma jamoasi ustozi.
Fikrlar