
Portugaliya Ronaldusiz g‘alaba qozonishga tayyor!
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines hujumchi Krishtianu Ronalduning terma jamoa uchun ahamiyati haqida gapirdi.
"Ronaldu - jamoaning muhim qismi. Uning borligi boshqa o‘yinchilarga ishonch bag‘ishlaydi. Krishtianu juda tajribali, unga shubha qila olmaymiz. Ammo, ayni damda, jamoamiz usiz ham g‘alaba qozonishga tayyor”, - deydi Martines.
Portugaliya terma jamoasi Lyuksemburg ustidan yirik 9:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ronaldu sariq kartochkalari ko‘payib ketgani uchun bu uchrashuvni o‘tkazib yubordi.
Eslatib o‘tamiz, klub miqyosida 38 yoshli forvard Saudiya Arabistonining "An-Nasr" jamoasida to‘p surmoqda.
Fikrlar