
Portugaliya bosh murabbiyi Ronalduning dubli haqida: "Ronaldu fidoyilik ko‘rsatishi kerak edi..."
Portugaliya bosh murabbiyi Roberto Martines kecha Lixtenshteyn ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Juda muhim g‘alaba. Biz futbolchilar bilan yaqindan tanishish, ulardan qanday qilib maksimal foydalanish yo‘llarini qisman ko‘rib oldik.
Men futbolchilar bilan faxrlanaman. Ular o‘yinga jiddiy munosabat bildirishdi va 4:0 hisobida zafar quchdik.
Terma jamoaga kirish uchun etarli darajada fidoyi bo‘lish lozim. Ronaldu ham shunday qilishi kerak edi va u buni epladi. Biz uning tajribasidan foydalanishim kerak. Krishtianu bizga ancha yordam bera oladi", - dedi mutaxassis.
Fikrlar