
Portugaliya bosh murabbiyi: "Kutilmaganda gollar o‘tkazib yubordik"
Portugaliya bosh murabbiyi Fernandu Santush jahon chempionati birinchi turi doirasida Gana ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
"Hujumdan himoyaga o‘tish borasida yaxshi boshladik. Gana aniq zarba ham bera olmadi. Vaziyat xavfsiz edi, lekin futbolchilarning o‘zlari juda passiv harakat qildi. Tajavvuzkorlik etishmadi. Taym oxirida qo‘shdik va bir nechta vaziyatlar yaratdik.
Tanaffusda shogirtlarimga sabrli bo‘lish muhimligini aytdim. O‘z navbatida judayam yopiq o‘ynamaslikni so‘radim. Ochilish lozim edi, aks holda gol urmaslik kerak edi.
Yigitlar mening g‘oyamni amalga oshirdi. Biz penalti ishlab oldik, biroq kutilmaganda golllar o‘tkazib yuordik", - dedi murabbiy.
Fikrlar