
"Portu" Yaponiya terma jamoasi a’zosi bilan shartnoma imzoladi
Yaponiya terma jamoasi va Qatarning "Al-Duxail" klubi yarim himoyachisi Seya Nakadzima faoliyatini Portugaliya grandi safida davom ettiradigan bo‘ldi.
Aniqrog‘i, 24 yoshli futbolchi "Portu" bilan 2024 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Ma’lumot uchun, Nakadzima o‘tgan mavsum Qatar chempionatida jami 7ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar