
"Portu" rus klubidan hujumchi sotib oldi
Moskvaning "Spartak" klubi forvardi Ze Luish faoliyatini "Portu"da davom ettiradigan bo‘ldi.
Portugaliya grandi 28 yoshli futbolchini rus klubidan 8,5 mln evroga sotib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda. Uning o‘zi esa yangi jamoasi bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzoladi.
Ma’lumot uchun, Ze Luish “Spartak” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U ushbu davr mobaynida jami 109ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 35ta gol urishga erishdi. U bungacha "Jil Visente" va "Braga" klublarida o‘ynagan.
Fikrlar