
"Portu" irodali g‘alabaga erishdi, TsSKA o‘z uyida ochko yo‘qotdi va Gollandiyada 2 ta qiziqarli bahs bo‘lib o‘tdi
Evropa Ligasining 5-turida Moskvaning TsSKA klubi o‘z maydonida "Ludogorets" jamoasini qabul qilib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi. "Portu" esa "Yang Boyz"ga qarshi bahs olib bordi va ikkinchi bo‘limda 2 ta gol urib, g‘alabani mustaxkamladi. Gollandiyaning "Feenoord" jamoasi "Reynjers"ni qabul qilib, 2:2 hisobida durang o‘ynadi va Az "Alkmar" klubi "Partizan"ga qarshi bahslashdi. 2:0 hisobida yutqazayotgan Az jamoasi bir kishi kam bo‘lib qoldi va shunga qaramay so‘nggi daqiqalarda 2 ta gol urib, mag‘lubiyatdan qutilib qoldi.
Fikrlar