Portu bosh murabbiyi: Bu juftlikda kurash tugagani yo‘q

  • 10 aprel, 2019, 12:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Portu" bosh murabbiyi Serjio Konseysau "Liverpul"dan qabul qilingan mag‘lubiyatga o‘z munosabatini bildirdi.

Tecno

Dastlabki uchrashuvda "Portu" safarda 2:0 hisobida mag‘lubiyat uchradi.

"Biz yo‘lning yarmida turibmiz. Oldimizda Draguada bo‘ladigan yana 90 daqiqamiz bor. Keyingi bosqichga chiqish uchun harakat qilamiz.

Biz o‘yini yaxshi boshladik. Kutilmaganda tezkor gol o‘tkazib yubordik. Ikkinchi golda esa yana xatolik bo‘ldi. 

"Portu" raqibga bunchalik oson gol urishiga imkoniyat yaratib bermasligi lozim edi. Bizda ham dastlabki 30 daqiqada gol urish uchun vaziyatlar bo‘ldi. Dragauda esa jamoamizga ko‘proq kuch kerak bo‘ladi", - deydi Konseysau.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!