
Polshaga qarshi o‘yindan oldin Ispaniya terma jamoasi muxlislariga zo‘r yangilik bor
Ispaniya terma jamoasi matbuot xizmati yarim himoyachi Serxio Buskets koronavirusdan sog‘ayganini ma’lum qildi.
Aytish kerakki, 32 yoshli futbolchi Covid-19 tufayli 2 hafta Ispaniya terma jamoasi qarorgohida bo‘lmadi.
Kecha "Barselona" futbolchisining koronavirusga topshirgan testi manfiy natija bergan. U endi Ispaniya terma jamoasi safiga kelib qo‘shiladi.
Luis Enrike boshchiligidagi “qizil furiya” ertaga guruh bosqichining 2-turi doirasida Polsha terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
Fikrlar