
Polo federatsiyasi raisi o‘rinbosarlari saylandi
Toshkent shahrida O‘zbekiston polo federatsiyasining navbatdan tashqari konferentsiyasi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda dastlab, mamlakatimiz Polo federatsiyasining 2024 yilgi faoliyati, polo sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalar, mazkur sport turini yurtimizda yanada ommalashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar haqida ma’lumot berildi.
Polo sport turini rivojlantirish, xalqaro musobaqalarda ishtirok etish va ularda chavandozlarimizga qulay sharoitlar yaratish maqsadida “Koç Construction” kompaniyasi bilan hamkorlik o‘rnatilgan.
Konferentsiyada polo federatsiyasining rais o‘rinbosarlari saylandi. Unga ko‘ra, Chilonzor tumani hokimi Saidahror Xolxo‘jaev O‘zbekistan polo federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosarligiga saylandi.
“Koç Construction” kompaniyasi direktorlar kengashi a’zosi Omer Sarikoch, Toshkent shahar kengashi deputati Sevara Fayzieva "Markaziy Ippodrom" AJ direktori Shuhrat Latipov federatsiyasi raisi o‘rinbosari lavozimiga, Anora Xaydarova, Hilola Salihova, Muhabbat Toshmuhammedova ayollar polo ligasi rahbari o‘rinbosari, Dilnoza Shorahmetova Ambasador lavozimiga nomzodlari qo‘yildi va ular bir ovozdan ma’qullandi.
Federatsiyaning Toshkent shahar hududiy bo‘limi rahbarligiga Chilonzor tumani hokimi o‘rinbosari Alisher Xotamov tayinlandi.
Tadbir so‘nggida, ayollar polo terma jamoasi murabbiyi Shahnoza Sharipova so‘zga chiqib, ayollar o‘rtasida mazkur sport turini yanada ommalashtirish va 2025 yilgi rejalar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Fikrlar