
Pol Skoulz: "Arsenal" jarohatlar sabab kurashdan chiqadi. Shuningdek, London klubida..."
Kecha "Manchester derbisi" doirasida MYu "Manchester Siti"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Bellashuvdan so‘ng "qizil iblislar" sobiq futbolchisi Pol Skoulz APLdagi chempionlik poygasi borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bosim ostida "Manchester Yunayted" top klublarni mag‘lub eta oladi. Mendan jamoaning chempionlik uchun kurashishi mumkinligi haqida savol so‘rashdi. Javobim derbidan keyin ijobiy tomonga o‘zgardi.
"Qizil iblislar" "Siti"dan atigi 1 ochko ortda bormoqda. Menimcha, jamoa hozir APLda eng yaxshisi bo‘lib turibdi.
"Arsenal" ham juda yaxshi harakat qilyapti. Biroq ularda jarohatlar muammo bo‘lishi mumkin. Shuningdek, Artetada juda katta tajriba yo‘qligi ham pand berishi mumkin", - dedi angliyalik sobiq yarim himoyachi.
Fikrlar