
Pol Pogba dekabr oyigacha MYuga yordam bera olmaydi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba dekabr oyigacha maydonga qayta olmaydi. Bu haqda "qizil iblislar" ustozi Ule-Gunnar Sulsher "Norvich"ga (3:1) qarshi o‘yindan so‘ng aytib o‘tdi.
"Pogbadan dekabrgacha foydalana olamiz deb o‘ylamayman. To‘liq tiklanib olishi uchun vaqt kerak bo‘ladi. Balkim uni ertaroq, shunda ham "Sheffild"ga (24 noyabr) qarshi o‘yinda maydonda ko‘rishimiz mumkin. Ammo katta extimol bilan undan to‘laqonli dekabrdagina foydalana olamiz," - Guardian Sulsher so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda.
Pogba so‘nggi bor 30 sentyabrda "Arsenal" (1:1) bilan o‘yinda maydonga tushgan edi.
"Manchester Yunayted" Angliya chempionatida 10 turdan so‘ng 13 ochko bilan 7-o‘rinni band etib turibdi.
Fikrlar