Pochettino "Tottenxem"ning asosiy darvozabonini PSJga o‘tishga ko‘ndirmoqchi

  • 14 fevral, 2021, 17:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoaga “Tottenxem”dagi sobiq shogirdi Ugo Lorisni olib kelmoqchi. Bu haqda Football Insider nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, argentinalik mutaxassis 34 yoshli frantsiyalik darvozabon bilan muntazam aloqada bo‘lib turibdi va uni yozda Parijga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirmoqchi.

Loris joriy mavsum “Tottenxem” safida jami 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 34 ta gol o‘tkazib yubordi. Transfermarkt.com sayti talqiniga ko‘ra, uning ayni damdagi transfer narxi 12 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!