
Pochettino Silva haqida: U har doim shikoyat qiladi
Maurisio Pochettino Tiagu Silvaning "Chelsi" o‘yinidan noroziligiga izoh berdi.
“Ko‘k-anorranglilar” APLning 20-turining 80-daqiqasiga qadar “Luton”ni 3:0 hisobida mag‘lub etib turgandi, ammo keyin jamoa ikkita gol o‘tkazib yubordi. Braziliyalik himoyachi uchrashuv so‘nggiga yaqin jahldor holatda yarim himoyachi Entso Fernandes bilan qizg‘in bahslashdi.
“Tiagu har doim shunday. U har doim shikoyat qiladi va hech qachon xursand bo‘lmaydi - lekin bu yaxshi.
U 39 yoshda va hali ham o‘ynamoqda. Men uning jamoaga yordam bermoqchi ekanligini va o‘yinga to‘g‘ri munosabatda bo‘layotganini ko‘rsatmoqchiman.
Ajablanarlisi, u 39 yoshida xuddi 20 yoshli yigitlardek o‘ynaydi", - dedi "Chelsi" ustozi.
Fikrlar