
Platini "Oltin to‘p" uchun asosiy da’vogar kimligini aytdi
UEFAning sobiq prezidenti Mishel Platini bu yilgi “Oltin to‘p” sovrini uchun kim munosib ekanini aytdi.
“Lionel Messi – mukofot uchun asosiy da’vogar. Undan keyin Krishtianu Ronaldu. Lekin ungacha yana bir nechta muhim musobaqalar bo‘lib o‘tadi. Messi yakunlangan mavsumda ko‘rsatgan o‘yini bilan barchadan ustun turadi.
Mbappe? U Messi va Ronalduning davomichisi bo‘lishi mumkin. Kilian menga Ronaldoni eslatib yuboradi. Unda muvaffaqiyatga erishish uchun barcha narsa etarli. U eng zo‘r frantsuz futbolchisi”, - deydi Platini.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu ham, Messi ham bu mavsum hozircha faqatgina milliy chempionatlarda g‘alaba qozonishdi xolos.
Fikrlar