Pirlo qishda olinadigan to‘rt futbolchi nomini aytdi

  • 2 dekabr, 2020, 22:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” qishki transferlar davrida faollik ko‘rsatadigan bo‘ldi. Bosh murabbiy Andrea Pirlo tarkibning zaif nuqtalarini yopish uchun to‘rt futbolchini taklif qiladi.

Tecno

Birinchi navbatda, turinliklar “Chelsi”dan  hujumchi Olive Jiru va chap qanot himoyachisi Emerson Palmerini olishni reja qilgan. Har ikki futbolchi ham London klubida boshlang‘ich tarkib vakili hisoblanmaydi. Ular muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun “Chelsi”ni tark etishga tayyor.

Yana ikki futbolchi A Seriyadan topildi.  “Yuventus” rahbariyati qishda “Sassuolo” yarim himoyachisi Manuel Lokatelli va “Udineze” etakchisi Rodrigo de Paulni ham olishga bel bog‘lagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!