
Pirlo: Messining muammosi ko‘p
Chempionlar ligasining navbatdagi turida “Barselona” mehmon bo‘ladigan “Yuventus” bosh murabbiyi Andrea Pirlo raqib jamoa etakchisi Lionel Messi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Messining nafaqat futboldagi faoliyatida, balki hayotida ham etarlicha muammolar bor. Shunga qaramay, u doim o‘yin davomida jamoa uchun kerakli o‘yinchi ekanini isbotlab keladi. Yozda yuz bergan mojarolar uning ruhiyatiga salbiy ta’sir qilgani aniq. Men bu masalaga chuqur kirishmoqchi emasman.
Leo – fenomen, u buni doim isbotlab kelgan, - dedi Pirlo.
Fikrlar