
PFL taqvimida yana bir o‘zgarish
O‘zbekiston ayollar terma jamoasining 20-29 noyabr kunlari Tojikistonning Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasi (MOFA) kubogi bahslarida munosib ishtirok etishini ta’minlash maqsadida 17-19 noyabr kunlari Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil qilinadi.
Ushbu yig‘inga bir qator klublardan futbolchilar jalb etilishi bois, chempionat taqvimiga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar berib o‘tdi.
12-tur – 7 noyabr
13-tur – 10 noyabr
14-tur – 15 noyabr.
Fikrlar