
PFL Karpenkoni ro‘yxatdan o‘tkazmagan, lekin "Bunyodkor"ni boshqarmoqda. Qizig‘i, jamoaning sobiq murabbiyi Maqsudov iste’foga chiqarilgan, lekin hozirgacha ariza yozmagan
"Bunyodkor"da murabbiylar bilan bog‘liq qiziq holat kuzatilmoqda. Bu haqda PFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi sahifasida xabar berdi.
- Viktor Karpenko o‘tgan hafta yakunida Pro litsenziyasining barcha modullarini yakunlab, imtihon topshirdi. Yaxshi o‘tgan bo‘lsa, tez orada diplom oladi. PFL shundan keyingina uni ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.
Kecha Karpenko "Bunyodkor" bosh murabbiyi sifatida ilk o‘yinini o‘tkazdi (Pro kurslarida to‘liq o‘qiganidan kelib chiqib, unga vaqtincha imkoniyat taqdim etilgan). Agar u imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘ta olmasa, Superliga klubini boshqarish imkoniyati bo‘lmaydi. Biz bu borada murabbiyga omad tilaymiz.
Sobiq bosh murabbiy esa rahbariyat tomonidan lavozimidan ozod etilgan bo‘lsa-da, hozirgacha ariza yozgani yo‘q. Bu esa shartnoma to‘liq bekor qilinmaganini bildiradi, - dedi Diyor Imomxo‘jaev.
Fikrlar
И это лишь капля в море из """развивающей работы ПФЛ""" - в тройных кавычках. Ирматов же говорит: "Да, в ПФЛ нужно многое менять," - но тут же поощряет действующий беспредел.
Болельщики Узбекистана должны знать, что с этими ... никаких успехов в футболе НЕТ и НЕ БУДЕТ ни через 10 лет, ни через 50... НИКОГДА. // Лично я хочу только одного: чтобы всё скорее узнали на самом высшем уровне в Узбекистане, начиная от самого Президента АФУ и выше.