
Petr Chex xokkeydagi debyuti haqida: Bu yosh o‘yinchilarga o‘rnak bo‘lishi mumkin
"Chesli" va "Arsenal"ning sobiq darvozaboni Petr Chex xokkeydagi debyuti borasida fik bildirdi.
37 yoshli o‘yinchi Angliyaning "Gildford Feniks" klubi safida, darvozabon sifatida muzga chiqdi.
"Bolaligimda xokkeyning bitta o‘yinida bo‘lsa ham ishtirok etish orzuyim bo‘lgan va bu amalga oshdi.
Buni, endi mendan hech kim tortib ololmaydi va bu ajoyib.
O‘ylashimcha, bu yosh o‘yinchilarga o‘rnak bo‘lishi mumkin, ya’ni orzular sari intilsangiz bu albatta amalga oshadi. Bu menda futbolda ham amalga oshgan.
Men o‘zimga dedim: Balki bu oxirgi orzuyimdir. Lekin men orzularimni ro‘yobga chiqarish uchun qattiq ishladim," - dedi Chex.
Fikrlar