Petr Chex xokkey o‘yinchisiga aylandi

  • 10 oktabr, 2019, 00:42
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" va "Arsenal"ning sobiq darvozaboni Petr Chex xokkeyning NIHL ligasida qatnashuvchi, Angliya ikkinchi divizioni vakili "Gilford Feniks" klubi a’zosiga aylandi.

Tecno

"Men "Feniks"da o‘ynash baxtiga muyassar bo‘lganimdan xursandman. Umid qilamanki, ushbu yosh jamoaning ("Feniks" 2017 yilda tashkil topgan) mavsumdagi maqsadlariga erishishida yordam beraman.

O‘ynash imkoni bo‘lgan har bir o‘yinimda jamoaning g‘alabasi uchun harakat qilaman.

Professional futboldagi 20 yillik faoliyatimdan so‘ng, bolaligimda o‘ynashni yaxshi ko‘rgan sport turi bilan shug‘ullanish men uchun ajoyib tajriba bo‘ladi," - dedi Chex.

Eslatib o‘tamiz, chexiyalik darvozabon "Chelsi"da 11 yil, "Arsenal"da esa 4 yil faoliyat olib bordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!