Petr Chex o‘zining "Chelsi"ga qaytishi borasida tarqalgan xabarlarni tasdiqlamadi

  • 22 may, 2019, 12:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi darvozaboni Petr Chex "Chelsi"da sport direktori lavozimida ish boshlashi haqida tarqalgan xabarlarni tasdiqlamadi.

Tecno

“Bugungi tarqalgan hushxabarga qaramay, men o‘z kelajak faoliyatim haqidagi qarorni oxirgi o‘yindan so‘ng qabul qilaman. Hozir mening asosiy maqsadim – “Arsenal” bilan birga Evropa ligasida g‘alaba qozonish”, - deydi chexiyalik posbon.

Eslatib o‘tamiz, 29 may kuni Bokuda “Chelsi”ga qarshi bo‘ladigan bahs Chex uchun faoliyatidagi so‘nggi o‘yin bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Chex “Chelsi” safida 2004-2005 yillarda to‘p surgan va jamoa bilan 15ta sovrinni qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!