
Petr Chex "Chelsi"da qaysi lavozimni egallashi ma’lum bo‘ldi
Mavsum yakunlangach faoliyatini tugatganini e’lon qilgan chexiyalik darvozabon Petr Chex “Chelsi” tuzilmasida ish boshlaydi.
Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra 37 yoshli sobiq posbon tez orada “aristokratlar” safida texnik direktor lavozimini egallaydi. Bu haqda tez orada rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Chex 2004-2015 yillarda “Chelsi” sharafini himoya qilgan. U ushbu jamoa safida 4 karra Angliya chempioni va kubogi sohibi bo‘lgan.Uch karra Angliya liga kubogida zafar quchgan. 2012 yilda esa “aristokratlar” bilan birga Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.
Fikrlar