Peres “Real” muxlislariga xushxabar tayyorladi!

  • 26 avgust, 2022, 15:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Marca nashri “Real” prezidenti Florentino Peres klub muxlislariga xushxabar tayyorlab qo‘ydi, deb xabar tarqatdi.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, “Qirollik klubi” jamoa etakchisi va to‘purari Karim Benzemani yangi shartnomaga ko‘ndirgan.

Tez orada Florentino Peres rahbariyati frantsiyalik hujumchi bilan amaldagi hamkorlikni 2024 yilning yozigacha uzaytirganini e’lon qiladi.

Karim 2009 yildan beri madridliklar safida o‘ynab kelmoqda. Ungacha “Lion” sharafini himoya qilgan hujumchi faoliyati davomida klublar miqyosida 756 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 391 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 187 ta golli uzatma bergan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!