
Pedro noma’lum muddatga safdan chiqdi
Londonning "Chelsi" klubi vingeri Pedro Rodriges jarohat olib noma’lum muddatga safdan chiqdi. Bu haqda klub rasmiy tvitteri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 32 yoshli ispaniyalik futbolchi tizzasidan jarohat olgan. Endi uning qachon safga qaytishi esa tez orada o‘tkaziladigan tibbiy tekshiruvlardan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Pedro joriy mavsum “Chelsi” safida 3ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar