Pedro "Chelsi" bilan xayrlashdi. Uni Rimda kutishmoqda

  • 27 iyul, 2020, 05:19
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" yarim himoyachisi Pedro "Vulverxempton"ga qarshi o‘yindan so‘ng, "ko‘klar" tarkibini tark etayotgani haqida ma’lum qildi.

Tecno

"Bu mening "Stemford Bridj"dagi so‘nggi o‘yinim. O‘tgan yillar mobaynidagi ajoyib qo‘llab-quvvatlash uchun klub muxlislari va jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildiraman.

Sizlar doimo yuragimda qolasizlar. Endi Angliya Kubogi uchun kurashamiz", - deydi Pedro.

Insayder Fabritsio Romano futbolchining ushbu bayonotiga izoh sifatida futbolchini "Roma"da kutishayotganini qo‘shimcha qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!