
Pedro: Bu virusni to‘xtata olamiz deb umid qilaman
“Chelsi” klubi hujumkor yarim himoyachisi Pedro Rodriges o‘z fondi orqali koronavirusga qarshi kurash uchun mablag‘ ajratdi.
Ispaniyalik futbolchi turli shifoxonalarda kasallikka qarshi kurashayotgan shifokorlar uchun 3 mingta yuzni himoya qiluvchi maxsus niqobga pul to‘lagan.
“Men sodir bo‘layotgan voqealardan, ayniqsa Ispaniyada ro‘y berayotgan holatlardan juda ham afsusdaman. Men shunday og‘ir kunlarda ishlayotgan barcha tibbiyot xodimlariga, davlat xavfsizlik kuchlariga va supermarketlarda ishlayotgan odamlarga minnatdorchilik bildiraman. Mehnatingiz uchun barchangizga rahmat. Umid qilamanki, biz ushbu virusni to‘xtata olamiz”, - deydi Pedro.
Fikrlar