Pedri: "Ular qarshi hujumlar orqali bizdan qasos olishga intilishmoqda"

  • 12 yanvar, 18:04
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yarim himoyachisi Pedri "Real Madrid"ga qarshi finaldan avval matbuot anjumanida ishtirok etdi. Ispaniyalik futbolchi bo‘lajak o‘yindagi klubning rejalari va o‘zi haqida gapirdi. 
 
"Bo‘lajak final bahsi ikki jamoaga ham oson bo‘lmasligi aniq. "Real" bu uchrashuvda bizdan revansh olishga intilishmoqda, buni esa allaqachon bildirishgan. Ayniqsa, ularning eng xavfli quroli qarshi hujum ekanligini barcha biladi. Ushbu yo‘l bilan ular bizga finalda ancha muammo tug‘dira oladi. Shu sababli, biz to‘p bilan ko‘proq ishlab, yaxshi munosabatda bo‘lishimiz kerak. 
 
Agar mening qaerda o‘ynashim haqida so‘rasangiz, menga qaysi pozitsiya harakat qilishim unchalik muhim emas, deb javob beraman. Ayni paytda men sakkizlik sifatida o‘ynayapman va o‘zimni qulay his qilyapman. Qachonki to‘pga ega bo‘lsam, undan faqatgina zavqlanaman" - deya o‘z fikrini bildirib o‘tdi kataloniyaliklar havbeki.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!