Pedri: "Shensni bizni qutqarib qoldi"

  • 6 mart, 04:44
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" Chempionlar ligasi nimchorak finalining birinchi bahsida "Benfika" mehmoni bo‘ldi va bir kishi kam bo‘lib, g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona golni Rafinya urdi. O‘yindan keyin Pedri o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

Tecno

Image

"Bugun maydondagi eng yaxshi futbolchi bu Shensni edi. Men "MOTM" (Man of the match)ni unga bermoqchiman. Men jamoa bilan faxrlanaman. Bu qiyin o‘yin bo‘ldi. Qizil kartochkadan keyin nima qilish kerakligini bildik, yaxshi himoyalandik".

Yarim himoyachi Kubarsi haqida ham gapirdi:

"U qizildan keyin xafa bo‘lganini aytdi. Biz uni qo‘llab-quvvatlaymiz. Favoritmizmi? "Barselona" har bir turnirda favorit, lekin keling, aqldan ozmaylik. Biz javob o‘yiniga e’tibor qaratishimiz kerak", - dedi ispaniyalik futbolchi. 

Rasm

Pedri jamoaga Flik kelganidan keyin yanada o‘sishga erishdi. Yarim himoyachi bu mavsumning tarkibdagi eng muhim a’zolaridan biridir. "Benfika"ga qarshi uchrashuvda u eng ko‘p aniq pas bergan futbolchiga aylanib, eng yaxshi o‘yinchi sovrinini qo‘lga kiritdi, lekin bu mukofot o‘zi aytib o‘tganidek, Shensniga topshirildi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!