
Pedri: Durang uchun o‘ynasak, mag‘lub bo‘lishimizni bilamiz
Pedri Chempionlar ligasi 1/8 finalining ilk uchrashuvida "Benfika" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (1:0) o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Qiyin uchrashuv. Ayniqsa, qizil kartochkadan so‘ng oson bo‘lgani yo‘q. Biz to‘p bilan ham, to‘psiz ham ajoyib o‘ynadik. Buni uddalay olishimizni bilardik va g‘alaba qozonishimiz muhim.
Oldinda yana bir o‘yin bor. Motivatsiyani yo‘qotib bo‘lmaydi. Qarama-qarshilikda biz oldinda borayotganimizni unutib, yana bir g‘alabaga erishishga harakat qilishimiz lozim. Agar durang uchun o‘ynasak, mag‘lub bo‘lishimiz mumkinligini bilamiz. Biz "Barsa"miz va o‘z o‘yimizda g‘alaba qozonish uchun o‘ynashimiz kerak", - dedi "ko‘k-anorranglilar" futbolchisi.
Ta’kidlash kerak, Pedri kechagi "Benfika" - "Barselona" o‘yinining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.
Fikrlar