"Paxtakor" va "Nasaf"ning Toshkentdagi uchrashuvlarini kimlar boshqargan?

  • 8 mart, 2024, 12:41
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" hamda "Nasaf" o‘rtasidagi Toshkentda o‘tgan so‘nggi 5 Superliga bahsini kimlar boshqargan?

Tecno

2019 yilgi Superliga 3-turi doirasida o‘tkazilgan “Paxtakor” – “Nasaf” uchrashuvini Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlar boshqargan. Qanotlarda unga Timur Gaynullin hamda Rasul Fozilov yordam bergan bo‘lsa, zaxira hakami vazifasini Rahimbek Karimov bajargan. Uchrashuvda Asimov cho‘ntagidan 4 bor sariq kartochka chiqargan.

2020 yil Superliga 11-turida bo‘lib o‘tgan “Paxtakor” – “Nasaf” bahsida Ahrol Risqullaev bosh hakam bo‘lgan. Yordamchi hakamlar: Husniddin Shodmonov, Ruslan Serazitdinov. Zaxira hakami: To‘rabek Suyunov. Risqullaev o‘yin davomida 2 marta sariq kartochka ko‘rsatgan va xuddi shuncha penalti belgilagan.

2021 yilda jamoalar Toshkentda Superliga 14-turida to‘qnash kelgan. Bahsni Rahimbek Karimov boshchiligidagi hakamlar boshqarib borgan. Yordamchi hakamlar: Timur Galeev, Aleksandr Sidorov. Zaxira hakami: Husan Muzaffarov. Bundan tashqari, Ahrol Risqullaev (VAR) hamda Alisher Usmonov (AVAR) ham uchrashuvda ishtirok etgan. Hakam o‘yin davomida 2 futbolchini ogohlantirgan.

2022 yil Superliga 20-turida o‘tkazilgan “Paxtakor” – “Nasaf” uchrashuvini Temur To‘xtasinov boshqargan. Yordamchi hakamlar: Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov. Zaxira hakami: Akmal Rahimov. Shuningdek, VARda Ilgiz Tantashev, AVAR hakami esa Baxtiyorxo‘ja Shavkatov bo‘lgan. Bosh hakam o‘yinda 4 ta sariq kartochka ko‘rsatgan.

2023 yil Superligada chempionlik masalasi o‘rtaga qo‘yilgan “Paxtakor” – “Nasaf” bahsi 24-turda bo‘lib o‘tgan. Bahsni Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar boshqargan. Yordamchi hakamlar: Timur Gaynullin, Andrey Tsapenko. Zaxira hakami: Rustam Choriev. VAR: Rustam Lutfullin, AVAR: Rishat Nugmanov. Tantashev o‘yinda 5 ta futbolchini ogohlantirgan.

Ma’lumot uchun, Superliga-2024 2-turi doirasidagi bugungi “Paxtakor” – “Nasaf” bahsini Akobirxo‘ja Shukurullaev boshqaradi.

photo_2024-03-07_02-58-21

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!