
"Paxtakor" super gollar bilan super kambek amalga oshirdi (video)
Bundan biroz avval Osiyo Chempionlar ligasi 2021 yilgi mavsum guruh bosqichining dastlabki turidan o‘rin olgan “Paxtakor” hamda Eronning “Traktor” jamoalari uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi.
Qiziqarli va gollarga boy kechgan o‘yin 3:3 hisobida jangovar durang bilan yakunlandi. Shu kuni “sherlar” 0:2 hisobida hisobda ortda bora turib, super kambek evaziga 3:2 hisobida oldinga chiqib oldi. Afsuski, o‘yin yakunlanishi arafasida hakam “Paxtakor” darvozasi tomon penalti belgiladi va eronliklar ushbu penaltini golga aylantirib hisobni tenglashtirdi.
Shu kuni toshkentliklar safida gollarni Dragan Cheran (69'), Sharov Muxitdinov (75') hamda Hojimat Erkinov (82') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar