
"Paxtakor" o‘rtoqlik o‘yinida so‘nggi daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Nazorat o‘yinida "Paxtakor" jamoasi Ukrainaning "Kolos" klubiga qarshi bellashuvda 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
Birinchi bo‘limda yoshlardan iborat tarkib maydonga tushirilgan bo‘lsa, tanaffusdan keyin tajribali futbolchilar tushirildi. Birinchi bo‘lim oxirida raqib hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda ko‘proq hujumlar tashkil qilgan "Paxtakor" hisobni tenglashtirdi. Hamdamovning burchakdan oshirgan to‘pini Hamraliev boshi bilan darvozaga yo‘lladi. Keyin "Kolos" Diegoning goli evaziga oldinga o‘tdi. 90-daqiqada Cherandan to‘pni qabul qilgan Saidnurullaev muvozanatni tikladi.
Navbatdagi nazorat bahsi 10 fevral kuni Qozog‘istonning "Atirau" klubiga qarshi o‘tkaziladi.
"PAXTAKOR" - "KOLOS" (UKRAINA) 2:2
Gollar: Hamraliev 83, Saidnurullaev 90 - Topalov 44, Diego 85.
"Paxtakor": Shevchenko, Todorov, Abdullaev, Pazildinov, Poyonov, Ibraimov, Usmonov, Habibullaev, Merk, Ergashboev, Odilov.
Zaxira: Pavlyuchenko, Ortiqboev, Anvarov, Saitov, Hamraliev, Asqarov, Hamdamov, Saidnurullaev, Sobirxo‘jaev, Xoldorxonov, Cheran.
"Paxtakor" matbuot xizmati.
Fikrlar