
"Paxtakor" OChLda ishtirok etish uchun bugun Qatarga uchib ketadi (tarkib)
Bugun "Paxtakor" Chempionlar Ligasidagi ishtirokini davom ettirish uchun Qatar poytaxti Doha shahriga jo‘nab ketadi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Bosh murabbiy Shota Arveladze musobaqada qatnashish uchun 25 nafar o‘yinchini tanlab oldi.
Darvozabonlar - Eldor Suyunov, Sanjar Quvvatov, Aziz Isaqov, Umid Hamroev.
Himoyachilar - Hojiakbar Alijonov, Akram Komilov, Anzur Ismoilov, Alisher Salimov, Egor Krimets, Sherzod A’zamov, Vladimir Kozak, Farruh Sayfiev.
Yarim himoyachilar - Sadriddin Abdullaev, Asad Sobirjonov, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran, Doston Hamdamov, Hojimat Erkinov, Odil Hamrobekov, Abror Ismoilov, Sardor Sobirxo‘jaev, Diyor Xolmatov, Javohir Sidiqov.
Hujumchilar - Igor Sergeev, Eren Derdiyok.
"Paxtakor" 10 sentyabr kuni Toshkent - Doha charter reysi orqali Qatarga etib borishi rejalashtirilgan. "Sherlar"ning mashg‘ulotlari har kuni Toshkent vaqti bilan 21:30da boshlanadi.
"Paxtakor" ishtirokidagi 4 uchrashuvning barchasi 2022 yilgi jahon chempionati uchun yangi qurilgan "Al Janub" stadionida o‘tkaziladi. Ushbu stadion 2019 yil may oyida foydalanishga topshirilgan. "Al Vaqra" uy stadioni sanalgan "Al Janub" 40 ming tomoshabinga mo‘ljallangan.
"Paxtakor" barcha o‘yinni bir xil vaqtda boshlaydi. Toshkent vaqti bilan bellashuvlar 23:00da start oladi (Doha vaqti bilan 21:00).
3-tur, 14 sentyabr
Al Hilol - Paxtakor
4-tur, 17 sentyabr
Paxtakor - Al Hilol
5-tur, 20 sentyabr
Shabab Al Ahli - Paxtakor
6-tur, 23 sentyabr
Shahr Xodro - Paxtakor
Fikrlar