"Paxtakor" Masharipov bo‘yicha Qatar klublaridan rasmiy taklif oldi

  • 27 sentabr, 2020, 15:12
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 7
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Qatar maydonlarida o‘tkazilayotgan Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasida “Paxtakor” Eronning “Istiqlol” klubini ortda qoldirib chorak finalga yo‘l olganidan barchamiz quvondik.

E’tiborlisi, “Paxtakor” futbolchilari o‘z o‘yinlari bilan xorijlik skautlarning e’tiborini tortmoqda. Jumladan, jamoaning asosiy futbolchilaridan biri Jaloliddin Masharipovga Qatarning ikkita etakchi jamoasidan rasmiy taklif tushdi. Bu haqida “Paxtakor” sport direktori Ja’far Irismetov sports.uz saytiga ma’lum qildi.

Hozircha, aynan qaysi jamoalardan taklif bo‘lganligi sir tutilmoqda. Ammo muzokaralar boshlangan. Katta ehtimol bilan Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasidan so‘ng, Masharipovning taqdiriga oydinlik kiritiladi.

Tez orada sports.uz saytida Irismetov bilan uyushtirilgan suhbatni o‘qishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Окаси
28/09/2020 15:25
Биттаси, Ас Садд, бу аниқ. Чунки, Ҳави Жалолни ўз жамоасида кўришни истагани аввал ҳам айтилганди.
Абдуррохман Латифжонов
27/09/2020 22:17
Жалол Қатар клубига утмагани яхши, Сардор Рашидовга ухшаб уз уйнини йуқотади, чунки Қатарни чемпионати бизникидан кучсиз...
&
Насаф
27/09/2020 15:39
Ёлгон ёзма. Пул керак буса кучвга чикиб шапкайни очиб тур
SHAXBOZ BEKMURODOV
27/09/2020 15:50
Pedaras qachon qaramay hamma narsa sir, Fudbolchilarni maoshi sir, uzidan uzi uyinchilar boshqa jamolarga utib qoladi nechchi pulga utdi buyam sir, bir jamodan ikkinchi jamoga birdaniga 8 talab uyinchi utib ketadi mumkun bo‘lmasayam Soxtakorga mumkun. Hullas jonga tegdi.
&
Pahtakor real
27/09/2020 16:12
Achivottimi
&
Насаф
27/09/2020 20:17
Чунки бу узбекистондааа
&
Насаф
27/09/2020 20:17
Чунки бу узбекистондааа